“Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri - CACE.TDIU.uz

Тадбирлар »


323 marta o'qildi

“Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri

2015-yil 12-dekabr kuni 2015/2016 ‘quv yili bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun
“Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri o‘tkaziladi

2015/2016-o‘quv yili bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri universitetning 2-o‘quv binosida 2015-yil 12-dekabr kuni soat 9:00da boshlanadi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga universitet, fakultetlar, kafedralar, o‘quv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy jarayonlardagi innovatsiyalar, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashning eng diqqatga sazovor tomonlari yoritib beriladi. Bitiruvchi kurs talabalari xususidagi ma'lumotlar ish beruvchi korxona va tashkilotlarga taqdim etiladi.

“Karera kuni” tadbiri doirasida 100dan ortiq tashkilot va korxonalar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular tomonidan bitiruvchi bosqich talabalari bilan ishga joylashish va amaliyot o‘tash bo‘yicha kelishuvlar, shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

- - -


< Orqaga qaytish